“Bobur asarlari bilimdoni”

IIV Qashqadaryo akademik litseyida o‘zbek mumtoz she’riyatining buyuk vakili, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning ijodi va merosini o‘rganishga bag‘ishlangan “Bobur asarlari bilimdoni” o‘rtoqlik tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu bilimdonlik sinovida akademik litseyning 21-01 guruh, 22-03 guruh, hamda 22-05 guruhining adabiyot va she’riyatga qiziquvchi iqtidorli o‘quvchilari o‘zaro bellashdilar.

Qiziqarli hamda bahs-munozaralarga boy bo‘lgan bellashuvda o‘quvchilar benazir qalam sohibining tengsiz ijodi, uning taqdir sinovlarida toblangan ibratli hayoti va faoliyati haqidagi nechog‘lik bilimga ega ekanliklarini namoyish etdilar.

Shuningdek, litseyning iste’dodli o‘quvchilari tomonidan Bobur ijodiga mansub dilbar g‘azal va ruboiylar aytildi.