Huquqiy savodxonlik oshirildi
2023-yil 3-mart kuni O’zbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyida Qarshi shahar Adliya bo’limi xodimi Komil Aralov va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi xodimi Javohir Xoliqovlar bilan “Ijtimoiy va huquqiy” fanlar kafedrasi o’qituvchilari va akademik litseyning 2-bosqich o’quvchilari o’rtasida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Qarshi shahar Adliya bo’limi xodimi Komil Aralov so’zga chiqib, o’z so’zida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida” gi farmoni haqida so’z yuritdi.
Qarshi shahar Davlat xizmatlari agentligi xodimi Javohir Xoliqov ham o’z so’zida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug’vor g’oya haqida to’xtalib o’tdi.
Tadbirda o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.