Uch avlod uchrashuvi
2023-yil 3-mart kuni O’zbekiston “Veteran” Jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Qashqadaryo viloyat bo’limi faxriylari va IIV Qashqadaryo akademik litseyning o’quvchilari «Uch avlod uchrashuvi» bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Qashqadaryo viloyat bo’limi xodimi N.Chorshanbiyev o’z so’zida Afg’oniston va boshqa chegaralangan hududlardagi xalqaro terrorizm va diniy ektremizmga qarshi harbiy harakatlarda qatnashgan jangchi-faxriylarni holidan xabar olish hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat va muhabbat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yosh avlodni harbiy xizmatga tayyorlashda ko’maklashishda nimalarga e’tibor qaratilishini ularga vatan tuyg’usi tushunchasini singdirish haqidagi ishlar haqida gapirib o’tdi.
Faxriylar tomonidan faol o’quvchilarga faxriy yorliqlar, esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.