“Zakovat” intellektual o’yini tashkil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning 2022-yil 20-avgustdagi 189-sonli farmoyishi asosida mart oyi “Huquqshunoslik” fani oyligi doirasida IIV Qashqadaryo akademik litseyida 2023-yil 9-mart kuni “Zakovat” intellektual o’yini tashkil qilindi.
Intellektual o’yindan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning Huquqshunoslik fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash, ularning bilim salohiyatlarini oshirishdan iborat bo’ldi.
Akademik litseyning 2-bosqich o’quvchilaridan 5 nafardan ishtirokchi tanlab olinib, 8 ta jamoa shakllantirildi.
Natijalarga ko’ra, faxrli 1-o’rinni 21-03 guruhi o’quvchilari, 2-o’rinni 21-05 guruhi o’quvchilari va 3-o’rinni 21-04 guruhi o’quvchilari egalladi.