21-mart-Navro’z umumxalq bayrami munosabati 2023-yilning 9-15 mart kunlari IIV Qashqadaryo akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida sportning mini-futbol turi bo’yicha musobaqa tashkil qilindi.
Musobqada akademik litseyning barcha guruhlaridan iborat jami 16 ta guruh g’oliblik uchun kuch sinashdi.
Qizg’in va murosasiz bahslarga boy bo’lgan musobaqada faxrli 1-o’rinni 21-07 guruhi, 2-o’rinni 21-04 guruhi, 3-o’rinni 22-06 guruhi o’quvchilari qo’lga kiritdi.
G’oliblar akademik litsey rahbariyatining diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.