Umumxalq xayriya hashari
Hukumatning 04.03.2023 sanasidagi 91-F sonli Farmoyishiga asosan Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023-yil 18-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilandi.
Ushbu farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Qashqadaryo akademik litseyi ishchi xodimlari, o’qituvchi va o’quvchilari ham umumxalq xayriya hasharida birdek qatnashishdilar.