Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentyabr kunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 767-sonli qarori talablari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli buyruq talablari asosida IIV Qashqadaryo akademik litseyiga 2023/2024-oʻquv yilida oʻqish istagini bildirgan nomzodlar bilan saralash jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

Saralashda nomzodlarning ruhiy holatini belgilovchi psixologik test, diktant va jismoniy tayyorgarlikdan sinovlar olinmoqda.

Sinovlar shaffof va adolatli boʻlishini taʼminlash maqsadida viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi tizimidagi maktablarning malakali oʻqituvchilari va nomzodlarning ota-onalaridan tuzilgan nazorat guruhi jalb etildi.