O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 8-maydagi PQ-150-son qarori ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-marifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2023-yil 1-sentabr kunidagi 2/2-1340-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Qashqadaryo akademik litseyida joriy yilning 18-sentabr kuni litseyning 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa va mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Xalqaro toifadagi hakam va murabbiy grossmeyster Odil Erkinov ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarga shaxmatning sir-asrorlari bo‘yicha mahorat darsi olib borib, o‘zining boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, yuqori natijalar ko‘rsatgan o‘quvchilarning ro‘yxatlari shaklllantirilib, haftaning juft kunlari shaxmat to‘garagi o‘tkazilishi belgilab olindi.