2023-yil 21-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyida «O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi»ga bag’ishlanib «Muqaddasim, munavvarim — ona tilim xazinasi» deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni kirish soʼz bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyi direktori podpolkovnik K.Sh.Nazarov ochib berib, tilimizning tarixi, tilimizga boʼlgan buyuk ehtirom tuyg’usi haqida o’quvchi yoshlarga o’z fikrlarini bildirib oʻtdi. Tadbir davomida litsey o’quvchilari tomonidan tilimizni madh etuvchi she’rlar, ma’lumotlar, go’zal raqs va kuy-qo’shiqlar ijro etildi. Tadbir soʼnggida podpolkovnik K.Sh.Nazarov so’zga chiqib, bayram-tadbirida faol ishtirok etgan oʼquvchilarni faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.