“Til – millat ko‘zgusi”
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limida “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB sohaviy xizmatlari xodimlari va boshqarma faxriylar kengashi a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘lishi va til davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi ekanligini ta’kidlashdi.
Ko‘lami keng tadbirda ishtirokchilarga o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart – sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.
Tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burchimiz bo‘lib qolishiga e’tibor qaratildi.