25-oktyabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosbati bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyi saf maydonida Ichki ishlar organlari  tashkil etilganligining                32 yilligi munosabati bilan “Vatan osoyishtaligi yo‘lida 32 yil” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni litsey direktori K.Nazarov kirish so‘zi bilan ochib, barchani Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng, litsey o‘quvchilari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini madh etuvchi she’rlar va qo‘shiqlar ijro etildi hamda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etildi.

Yig‘ilishda sohada uzoq yillar faoliyat olib borgan faxriylar litsey rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Koson tumani harbiy maktabining “Turon arslonlari” jamoasining tayyorlagan faxriy qorovul ko‘rgazmali chiqishlari, hamda litsey o‘quvchilarining safda marsh yurishlari ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi.