O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi tomonidan yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, ularni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hurmat ruhida tarbiyalash, erkin fikrlash qobiliyati va nutq madaniyatini o’stirish, faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlash, Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch ruhini shakllantirish hamda 8-dekabr O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan joriy yilning 10-noyabr kuni IIV Qashqadaryo akademik litseyida «Konstitutsiya bilimdoni» ko’rik tanlovi o’tkazildi.

Tanlov 3 ta shart bo’yicha o’tkazilib, akademik litseyning 2-bosqich o’quvchilari o’rtasida tashkil qilindi.

O’quvchilar Konstitutsiya haqida egallagan bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.

Tanlov natijalariga ko’ra, 1-o’rinni Shaymardonova Ulug’beka, 2-o’rinni Avazov Zufar, 3-o’rinni Ahmedova Sevinch egalladi. G’oliblar «Adolat» SDP ning diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar hamda tanlovning Respublika bosqichiga ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritdilar.