📖📚“Eng yaxshi kitobxon”📚📖
IIV Qashqadaryo akademik litseyining 1-kurs oʼquvchilari oʼrtasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bugun 20 noyabr kuni 23- 04 guruh o’quvchilari o’rtasida boʼlib oʼtdi.
Uch shartdan iborat tanlovda oʼquvchilar xalqimizning buyuk mutafakkirlari, jahon va oʼzbek adabiyotining taniqli namoyondalari ijodi va faoliyati, adiblarning asarlari haqida va shoirlarning sheʼrlarini ifodali yoddan aytib berishdi.
Qizgʼin va bahslarga boy tanlovda bilimi hamda zukkoligi bilan Tojimurodov Ozodbek 30 ball, Sa’dullaeva Jasmina 28 ball va Abduvayitov Lazizbek 15 ball bilan baholandi.