“Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasida “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri tashkil etildi. Tadbirda respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, boshqarma rahbariyati hamda faxriylar kengashi, nodavlat notijorat tashkilotlari, ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyi, uyushmagan yoshlar, ommmaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

“Ochiq eshiklar kuni”da ishtirokchilarga ichki ishlar organlarida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, saf maydonida mahorat darslari va maxsus vositalar hamda o‘qotar qurollar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ulardan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.