Qashqadaryo viloyati IIBda “Tizimida  korrupsiyani oldini olish bo‘yicha amalga oishirilgan ishlar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.  9 dekabr —  Korrupsiyaga qarshi kurash kuni doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirda respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, ichki ishlar organlari faxriylari, amaldagi xodimlar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat Jamoatchilik kengashi a’zolari, o‘quvchi yoshlar va talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan boshqarma ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati bosh inspektori kapitan Xamza Niyozov korrupsiya bu – har qanday davlat kelajagi uchun xavf tug‘diradigan illatlardan biri ekanligi, uni bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmasligi, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkinligi aytib o‘tdi. Boshqarma huzurida tuzilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida amalga oshirilgan ishlar natijasida o‘tgan yilga bir qator yutuqlarga erishilganini qayd etdi.

Sir emas, keyingi vaqtlarda qonunchilik va meyoriy hujjatlarda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yuz bergan o‘zgartish va yangiliklar ichki ishlar organlarida va xodimlar o‘rtasida korrutsiya holatlarini  oldini olish va unga qarshi kurashish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi. Jumladan, xodimlarni ijtimoiy himoyalash, borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, bu borada profilaktik ishlarni kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda qat’iy pozitsiyasini belgilash va tizimda korrupsiya, ta’magirlik holatlariga chek qo‘yish aks holda qonunchilikda og‘ir jazo turlari belgilangani xususida ishtirokchilarga tegishli tushunchalar berildi.

Boshqarma faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik Sodiq Islomov hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Lola Saodatovalar ham so‘zga chiqib, ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalamasdan turib, bu illatga qarshi kurashish samara bermasligini ta’kidlashdi.