O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hurmat ruhida tarbiyalash, erkin fikrlash qobiliyati va nutq madaniyatini o‘stirish, faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlash, Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch ruhini shakllantirish hamda 8-dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyida “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov 3 ta shart bo‘yicha o‘tkazilib, viloyatimizning barcha tumanlaridan ishtirokchilar tanlovda qatnashishdi. O‘quvchilar Konstitutsiya haqida egallagan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Ushbu tanlovda IIV Qashqadaryo akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchisi Ulug‘beka Shaymardonova ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.