1-Dekabr —  Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyining o‘quvchi yoshlari bilan “Sog‘lom hayot sari birgalikda” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda viloyat OITSga qarshi kurash markazining yetakchi mutaxassisi OITS kasalligining kelib chiqishi, tarqalishi, fojiali oqibatlari xususida so‘z yuritib, Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan

1988 yilda 1 dekabr  — OITSga qarshi kurashish kuni deb e’lon qilinganini bildirdi.

Mamlakatimizda va jahon miqyosida OIV infeksiyasi profilaktikasi va uning oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan har yili dunyo miqyosida millionlab insonlar shu kasallik virusini yuqtirib, ko‘plab odamlar mazkur xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumayotganini ta’kidladi. Shu bois bu kasallikni yuqtirib olmaslik chora-tadbirlari xususida o‘quvchilarga atroflicha tushunchalar berildi.

Davra suhbatida litseyning o‘quvchilari kasallikni  oldini olish borasidagi savollariga mutaxassisdan atroflicha javob olishdi.