Kitob yarmarkasi
2023-yilning 2-dekabr kuni IIV Qashqadaryo akademik litseyida navbatdagi kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Unda o’quvchilar orasida kitobxonlik va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy bilimini boyitish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini shakllantirish maqsad qilindi.
Yarmarkada litsey o‘quvchilari badiiy adabiyotlar va o‘quv darsliklarini xarid qilishdi.
Shuningdek, o’quvchilar o’zbek va jahon adabiyoti durdonalariga alohida qiziqish bildirishdi.