«Biz zoʻravonlikka qarshimiz»
BMT bosh assambleyasining 1999- yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25-noyabr «Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni» deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyida Qashqadaryo viloyati IIB MMKBT boshlig’i o’rinbosari podpolkovnik Z.Kenjayeva, litsey psixologi N.Sayfiyeva va litsey xotin-qizlar qo’mitasi raisasi S.Norbo’tayeva va akademik litsey oʻquvchi qizlari ishtirokida «Biz zoʻravonlikka qarshimiz» shiori asosida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda xotin — qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikni, voyaga еtmaganlar oʻrtasida erta tugʻruq va erta turmushni oldini olish borasida ishtirokchilarga tushunchalar berildi.
Yakunda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar javoblar berishdi.