8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining FINAL bosqichi bo’lib o’tdi.
Intellektual bahsda saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o’tgan guruhlaridan jami 6 nafar jamoa ishtirok etdi.
Qizg’in va murosasiz bahslarga boy bo’lgan intellektual bahsda 1-o‘rinni 22-03 guruhi, 2-o‘rinni 23-01 guruhi, 3-o‘rinni 23-02 guruhi jamoalari qo‘lga kiritdi.