Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik  litseyida “Qashqadaryo ilm-fan, madaniyat va san’at fidoiylari” muzeyi tashkil  qilindi.

Muzey ochilish tadbirida Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati va boshqarma Faxriylar kengashi, senatorlar, Yozuvchilar uyushmasi, “Oltin meros” jamg‘armasi, jurnalistlar,  viloyat musiqali drama teatri jamoasi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

IIV Qashqadaryo akademik  litseyida tashkil qilingan muzeyda, ichki ishlar organlari tarixi, voxamizning ilm-fan, madaniyat va ma’rifat, ta’lim, san’at sohasi fidoyilarilari suratlari, kitoblar va nodir asarlari joy olgan.