Yurtimizda e’lon qilingan 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida barcha turar joy binolari hamda korxona va tashkilotlarda yong‘in xavfsizligiga rioya etish bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar FVB 3-KYXQ xodimlari IIV Qashqadaryo akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar bilan profilaktik-ogohlantiruv tadbiri o‘tkazdi.

Unda har bir o‘quvchi yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda qanday harakatlarni amalga oshirishi lozimligi, ayniqsa yong‘inni o‘chirishda qanday vositalardan foydalangan holda tilsiz yovni zararsizlantirish lozimligi borasida bir qator nazariy hamda amaliy ko‘nikmalar o‘rganib, kerakli, zaruriy tavsiyalar olishdi.