IIV Qashqadaryo akademik litseyida yangi qabul qilingan 1- bosqich o’quvchilarining ota-onalari bilan yig’ilish boʼlib oʼtdi.

Yig’ilishda IIV Qashqadaryo akademik litseyi direktor o‘rinbosari podpolkovnik I.Farmonov hamda litsey pedagogik jamoasi, o’quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Yigʼilishdan koʼzlangan asosiy maqsad 2023-2024 oʼquv yilini ota-onalar bilan hamkorlikda samarali tashkil etish, o’quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitish va bugungi globallashuv axborot davrida yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo’lgan tashqi omillar, shaxsiy xavfsizlik va qishgi ta’tilni samarali o’tkazishhaqida suhbat olib borildi.
Bundan tashqari ota-onalar farzandlarining chuqur bilim olishlari uchun litseyda tashkil etilgan tayyorlov markazi faoliyati hamda o’qituvchilari bilan tanishib kerakli tavsiyalar olishdi. Yigʼilish soʼnggida oʼquv yili mobaynida yuqori natijalarni qoʼlga kiritgan oʼquvchilarning ota-onalariga litsey maʼmuriyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.