Joriy yilning 5-yanvar kuni, IIV Qashqadaryo akademik litseyida yanvar oyi “Jahon tarixi” oyligi doirasida “O’rta asrlarda salb yurishlari” mavzusida аkademik litsey o‘qituvchilari uchun Mahorat darsi o’tildi. Ushbu Mahorat darsini Qarshi davlat universitetining “Jahon tarixi” kafedrasi o’qituvchisi t.f.n. dotsent Asror Pardayev interfaol metodlardan foydalangan holda o’tdi. Mahorat darsida ilg’or pedagogik metodlardan foydalanish, ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirish tartiblari, ilmiy maqolalar yozish, o’quv qo’llanma va ishlanmalar tayyorlash, o’quv mashg’ulotlarida noan’anaviy o‘qitish metodikasidan keng foydalanish haqida ma’lumotlar berildi.
Akademik litsey o’qituvchilari uchun Mahorat darslarining tashkil etilishi, o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshishiga xizmat qiladi.