Tadbirda Ichki ishlar vazirligi  Akademiyasi,  kadrlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Faxriddin Andamurotov so‘zga chiqib, joriy yilda akademik litseyni tamomlayotgan o‘quvchilarga Akademiyaga hujjatlarini rasmiylashtirish, ajratilgan qabul kvotalari, yo‘nalishlari, imtiyozlari va Akademiyada o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.

IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi ma’sul xodimi, mayor Ulug‘bek Ergashev, viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ixtiyor Xudoyqulov ham so‘zga chiqib, vazirlik Akademiyasiga hujjat topshirishda o‘z bilimiga ishonishi, tanish-bilishchilikka ishonib,  turli firibgar shaxslarning aldovlariga to‘riga tushib qolmaslik borasida litsey o‘quvchilariga tegishli tushuntirishlar berishdi.