O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2024-yil 12-yanvar kuni S.Nasafiy nomidagi Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazining Abonementlar sektori tomonidan “Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida JG‘MHO 86729-harbiy qismning “Lochinlar”, 521-Safarbarlikga chaqiruv batal’oni “Burgutlar”, Xonabod qo‘rg‘onidagi 10329-harbiy qism “Zukkolar”, IIV Qashqadaryo Akademik litseyining “Bilimdonlar” jamoalari o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. Zakovat intellektual o‘yini natijalariga ko‘ra 1-o‘rin “Bilimdonlar”, 2-o‘rin “Lochinlar” va 3-o‘rinni “Burgutlar” jamoalari egalladilar.