Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ko‘lam keng tadbirda akademik litsey rahbariyati, o‘qituvchilar va o‘quvchilari O‘zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi viloyat birlashmasi hamda “Qarshi” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan barchani qutlab, yosh avlodni Vatanga sadoqat va muhabbat, vatanparvarlik ruhida barkamol qilib tarbiyalash, ichki ishlar organlariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish borasida so‘z yuritishdi.

Litsey o‘quvchilari ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, va imkoniyatlardan foydalanib, fan va sport olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritayotgani va bu dargohni bitirgan mutaxasislar yoshlar turli sohalarda, davlat boshqaruv organlarida samarali xizmat qilishayotganini alohida e’tirof etildi.

So‘ngra, Ichki ishlar vazirligi maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Qashqadaryo viloyat bo‘yicha maxsus otryadi va boshqarma Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryad xodimlari o‘quvchilarga maxsus qurollarni taktik-texnik xususiyatlari, ulardan foydalanish, tartiblarini tushuntirishdi.

Shundan so‘ng, o‘quvchilar maxsus qurollarni to‘liqsiz qismlarga ajratish bo‘yicha tajriba va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Yakunda litsey o‘quvchilari sportning tosh ko‘tarish, arqon tortish turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar