O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-122-son qarori ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyat IIB ekspert-kriminalistika bo‘linmasi xodimlari bosh eksperti podpolkovnik Z.Berdiyev hamda katta ekspert mayor A.Xudoyberdiyev tomonidan joriy yilning 3-fevral kuni IIV Qashqadaryo akademik litsey o‘quvchilari bilan “Kriminalistika fanining predmeti, tizimi va vazifalari”, “Kriminalistikaning uslubi”, “Jinoyatchilikka qarshi kurashishda kriminalistikaning metodlaridan foydalanish” mavzularida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ichki ishlar organlari tizimidagi o‘quv muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning bilim va mahoratini oshirish, kasbga bo‘lgan sadoqatini yuksaltirish maqsadida doimiy o’quv mashg’ulotlari o‘tkazib borilmoqda.  Shunday amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘quvchilarning sohaga oid bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi