IIV Qashqadaryo akademik litseyining 1-kurs o‘quvchilari o‘rtasida  “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Uch shartdan iborat tanlovda o‘quvchilar xalqimizning buyuk mutafakkirlari, jahon va o‘zbek adabiyotining taniqli namoyondalari ijodi va faoliyati, adiblarning asarlari haqida va shoirlarning she’rlarini ifodali yoddan aytib berishdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy  bo‘lgan tanlovda o‘quvchilar benazir qalam sohiblarining tengsiz ijodi bo‘yicha bilimlarini namoyon etishdi.

Tanlovda bilimi hamda zukkoligi bilan  faxrli 1- o‘rinni 23-04 guruh, 2-o‘rinni 23-06 guruh hamda 3-o‘rinni 23-07 guruh o‘quvchilari qo‘lga kiritdi.

G‘olib o‘quvchilar litsey rahbariyatining sovg‘alari va “Maqtov yorlig‘i” bilan taqdirlanishdi.