IIV Qashqadaryo akademik litseyida Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi, oʼquvchilar hamda pedagoglar ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Tadbirda, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Markaz prokurori D.Muhsinov litsey oʼquvchilarga akademiyada bakalavriat yoʼnalishida 2024/2025-oʼquv yili uchun qabul boshlanganligini taʼkidladi.

Litsey oʼquvchilari ham Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga hujjat topshirishlari va sinovlarda ishtirok etishi mumkinligi aytib oʼtildi.

Аkademiyada tahsil oladigan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kirish imtihonlari tartibi, imtiyolar, koniyatlar,oʼquv mashgʼulotlari, akademiyaning moddiy-texnik va oʼquv bazalari boʼyicha maʼlumotlar berildi.

Tadbir soʼnggida oʼquvchilarga akademiya qabul jarayonlariga oid videorolik namoyish qilindi va oʼquvchilarni qiziqtirgan savollarga maʼsullar tomonidan batafsil javoblar berildi.