2024-yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyida    2022-2023 o’quv yili bitiruvchilari hozirda IIV Akademiyasida tahsil olayotgan 1-bosqich kursantlari, litsey oʻquvchilari va pedagoglar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda, IIV Akademiyasining kursantlari tomonidan, litsey oʻquvchilariga IIV Akademiyasida kursantlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yaratilgan imkoniyatlar, o’quv mashg’ulotlari, kirish imtixonlari, Akademiyaning moddiy-texnik va oʻquv baʼzalari boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi.

Shuningdek tadbir davomida, IIV Akademiyasining kursantlari tomonidan, akademik litsey oʻquvchilariga, o‘qitilayotgan fanlarni chuqur o‘zlashtirishlari hamda xorijiy tillarni mukammal egallashlari bo‘yicha o‘zlarining tavsiyalarini berib o‘tishdi. Tadbir davomida, akademik litsey o‘quvchilari oʻzlarining qiziqtirgan savollariga, IIV Akademiyasining kursantlaridan javoblar olishdi.