IIV Qashqadaryo akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar bilan profilaktik-ogohlantiruv tadbiri o‘tkazdi.

Yurtimizda e’lon qilingan 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida barcha turar joy binolari hamda korxona va tashkilotlarda yong‘in xavfsizligiga rioya etish bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar FVB 3-KYXQ xodimlari IIV Qashqadaryo akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar bilan profilaktik-ogohlantiruv tadbiri o‘tkazdi. Unda har bir o‘quvchi yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda qanday harakatlarni amalga …

Litseyda yangi muzey faoliyat boshladi

Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik  litseyida “Qashqadaryo ilm-fan, madaniyat va san’at fidoiylari” muzeyi tashkil  qilindi. Muzey ochilish tadbirida Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati va boshqarma Faxriylar kengashi, senatorlar, Yozuvchilar uyushmasi, “Oltin meros” jamg‘armasi, jurnalistlar,  viloyat musiqali drama teatri jamoasi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. IIV Qashqadaryo akademik  litseyida tashkil qilingan muzeyda, ichki ishlar organlari tarixi, …

“Mening Konstitutsiyam va davlat tilim»  mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi.

IIV Qashqadaryo akademik litseyida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim»  mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda akademik litseyning barcha o’quvchilar faol qatnashdi. Tanlov natijalariga ko’ra 1-o’rinni Abdusalomova Adolat, 2-o’rinni Ochilova Sevinch, 3-o’rinni Baratov Barat egalladi. G’oliblar akademik litsey rahbariyatining diplomi va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Kitob yarmarkasi

Kitob yarmarkasi 2023-yilning 2-dekabr kuni IIV Qashqadaryo akademik litseyida navbatdagi kitob yarmarkasi tashkil etildi. Unda o’quvchilar orasida kitobxonlik va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy bilimini boyitish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini shakllantirish maqsad qilindi. Yarmarkada litsey o‘quvchilari badiiy adabiyotlar va o‘quv darsliklarini xarid qilishdi. …

Litseyda “Zakovat” tadbiri

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining FINAL bosqichi bo’lib o’tdi. Intellektual bahsda saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o’tgan guruhlaridan jami 6 nafar jamoa ishtirok etdi. Qizg’in va murosasiz bahslarga boy bo’lgan intellektual bahsda 1-o‘rinni 22-03 guruhi, 2-o‘rinni 23-01 guruhi, 3-o‘rinni 23-02 guruhi jamoalari …

«Biz zoʻravonlikka qarshimiz»

«Biz zoʻravonlikka qarshimiz» BMT bosh assambleyasining 1999- yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25-noyabr «Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni» deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyida Qashqadaryo viloyati IIB MMKBT boshlig’i o’rinbosari podpolkovnik Z.Kenjayeva, litsey psixologi N.Sayfiyeva va litsey xotin-qizlar qo’mitasi raisasi S.Norbo’tayeva va akademik litsey oʻquvchi qizlari ishtirokida «Biz zoʻravonlikka qarshimiz» …

1 dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

1-Dekabr —  Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyining o‘quvchi yoshlari bilan “Sog‘lom hayot sari birgalikda” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda viloyat OITSga qarshi kurash markazining yetakchi mutaxassisi OITS kasalligining kelib chiqishi, tarqalishi, fojiali oqibatlari xususida so‘z yuritib, Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 1988 yilda 1 dekabr  — OITSga qarshi …

Litseyi o’quvchilari g`olib

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi Qashqadaryo viloyati bosh boshqarmasi tomonidan sportning Kikboksing turi bo‘yicha 2023-yilning 24-26 noyabr kunlari kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Qashqadaryo viloyat kubogi musobaqasida bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada IIV Qashqadaryo akademik litseyi o’quvchilari ham faol qatnashib faxrli o’rinlarni egalladi. Jumladan, akademik litseyning 1-bosqich  o’quvchilari Usmonov Dilshod 71 kg vazn toifasida …