NAVBATCHILIK QISMI 102 ISHONCH TELEFONI 102
info@iiv.uz
Логотип
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI
ISHLAR VAZIRLIGI QASHQADARYO
AKADEMIK LITSEYI
             QIDIRISH          O'ZBEK
IJTIMOIY TARMOQLARDA:          

Ekskursiyalar

O’quvchilar uchun ekskursiyalar

2017 yilning 14 oktyabrь kuni Qarshi shahrida joylashgan, Milliy Gvardiyaga qarashli harbiy qismga 1-kurs o‘quvchilarini ekskursiyasi tashkillashtirilib, harbiy qurol va texniklar, xizmat o‘tash shart-sharoitlari, tartibi bilan tanishtirildi.
2017 yil 15 dekabrь kuni akademik litsey o‘quvchilari Qarshi shahrining “Geolog” o‘yingohida o‘tkazilgan Janubiy G‘arbiy Maxsus harbiy okrugning harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi tadbirida ishtirok etishdi.
2017 yilning 20 dekabrь kuni akademik litseyning 1-kurs o‘quvchilari Qashqadaryo viloyat IIB PPX va JTSB Kinologiya xizmatiga ekskursiyasi tashkil etildi. Qashqadaryo viloyat IIB PPX va JTSB Kinologiya xizmati xizmat itlari Pitomnigiga ekskursiyasi tashkil qilinib, kinologlar va xizmat itlarini harakatlari namoyish etildi. O‘quvchilar Pitomnikdagi xodimlarga xizmat itlarini o‘rgatish uchun tashkillashtirilgan shart-sharoitlar va xizmat o‘tash tartibi bilan tanishtirildi.
2017 yil 24 dekabrь kuni Qarshi shahrining “Geolog” o‘yingohida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ishtirokida o‘tkazilgan “Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlariga xizmat uylari va shaxsiy avtomashinalarini topshirish va qasamyod qabul qilish tadbiri”da akademik litsey o‘quvchilari qatnashishdi.


2018 yil 13 yanvarь kuni akademik litsey o‘quvchilari Janubiy g‘arbiy maxsus harbiy okrugi aloqachilar birigadasida o‘tkazilgan ochiq eshiklar tadbirida ishtirok etish uchun ekskurtsiya tashkil etildi.
2018 yil 24 yanvarь kuni akademik litsey o‘quvchilari “Yong‘in profilaktikasi kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi muzeyiga sayohatlar uyushtirildi.
2018 yil 10 fevralь kuni Qashqadaryo viloyat Hokimligi oldida ochilgan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov haykaliga sayohat tashkil etildi.
2018 yil 18 mart kuni akademik litseyning faol o‘quvchilari viloyatimizning Shahrisabz shahriga sayohatga borishdi.
2018 yil 14 aprelь kuni akademik litseyning faol o‘quvchilari Xonobod aholi yashash maskanida joylashgan 10329-sonli harbiy qismga uchuvchilar xizmatini o‘rganish uchun ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya jarayonida harbiy qism tashkil etilishining tarixi, bosib o‘tgan jangovor yo‘li va hozirgi faoliyati bilan batafsil tanishtirildi. O‘quvchilar Harbiy qism boshqaruv organi-shtabiga, jangovor, shon-shuhrat muzeyiga tashrif buyurib, zamonaviy elektron uchish apparatlarini va moslamalarini ifoda etuvchi trenajyorlar majmuasi bilan tanishdi.
2018 yilning 21 aprelь kuni akademik litseyning 2-kurs o‘quvchilari Qarshi shahar ichki ishlar boshqarmasiga ekskursiya tashkil etildi.
2018 yil 29 sentyabr kuni O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati targ‘ibot oyligi ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi shahrida joylashgan Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari 7256-sonli harbiy qismda tashkil etilgan “Oshiq eshiklar kuni” tadbirlariga akademik litsey o‘quvchilari, ya’ni 522 nafari ekskursiyaga olib borildi.
2018 yil 6-oktyabr kuni akademik litseyning tarix fani o‘qituvchisi A.Raximov 2- kurs o‘quvchilari bilan Qarshi shahridagi Odina masjidiga ekskurtsiya tashkil etildi.
Vatanparvarlik oyligini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan 2019 yil 12-yanvarь kuni Qarshi shahrida joylashgan Odina masjidi, Bektemir madrasasi, Sardoba kabi tarixiy obidalarga ekskursiyalar tashkil etildi.
2019-yil 9-mart kuni akademik litseyning 2018-2019 o‘quv yili birinchi yarim yilligi yakuni bo‘yicha barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qiyotgan o‘quvchilardan bir guruhini rag‘batlantirish maqsadida Shahrisabz shahriga sayohatga olib borildi. Sayohat davomida o‘quvchilar Shahrisabz shahrining diqqatga sazovor maskanlari, Oqsaroy, Ko‘k gumbaz masjidi, Gumbazi Sayidon, Shamsiddin Kulol maqbarasi, Jahongir maqbarasi, Hazrati Imom masjidi, Chubin madrasasi, buyuk jahongir Amir Temur tug‘ilgan Xo‘ja ilg‘or qishlog‘ini ziyorat qilishib, Vatanimiz tarixiga oid bilimlarini yanada boyitdilar. Sayohat davomida Shahrisabz shahar IIB va Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi vakillarining Shahrisabz shahrida olib borayotgan ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi.
2019 yil 28 aprelь kuni akademik litseyning o‘qituvchi va xodimlaridan bir guruhi Samarqand shahriga sayohatga borib kelishdi.

Foydali havolalar