NAVBATCHILIK QISMI
102 ISHONCH TELEFONI
102 info@iiv.uz | ![]() O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI QASHQADARYO AKADEMIK LITSEYI | QIDIRISH O'ZBEK IJTIMOIY TARMOQLARDA: |
2018 yil 15 fevralь kuni IIV Qashqadaryo akademik litsey 1-2 kurs o‘quvchilariga haftaning har juma kunlari o‘tkazilib kelinayotgan “Ma’naviyat soati” darslarida “Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonun”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlarini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tish rejasi tasdiqlandi va darslar o‘tildi.
Ichki ishlar organlarida olib borilayotgan islohatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlarining mazmun mohiyatini o‘rganish yuzasidan 2018 yil 21 fevralda akademik litseyning 1-2 kurs o‘quvchilariga qo‘shimcha dars jadvallari ishlab chiqilib, semenar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi;
O‘quvchilarni yuqoridagi Qonun, Farmon va Qarorlarni mazmun-mohiyatini o‘rganish darajasini aniqlash bo‘yicha 13 aprelь kuni litsey o‘quvchilaridan test sinovi o‘tkazildi. 23-28 aprelь kunlari 1-2 kurs o‘quvchilaridan tezkor savol-javoblar o‘tkazilmoqda;
2018 yil 8 aprelь kuni “IIVning Qashqadaryo akademik litseyi 1-2 kurs guruhlari o‘quvchilari o‘rtasida “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident Farmoni, Qarorlari va maxsus huquq fanidan “Zakovat” nomli savol-javob shaklidagi tadbirlarni o‘tkazish rejasi tasdiqlandi va hozirda ushbu tadbir o‘tkazilmoqda;
Huquqni muxofaza kiluvchi organlar bilan xamkorlikda IIVning Qashqadaryo akademik litseyi pedagog-o‘qituvchilari va o‘quvchilari orasida ijtimoiy-maьnaviy va ruhiy muhitni sog‘lomlashtirish, jamoaning va ularning oila aьzolarining hozirgi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga ularning qarashlarini o‘rganib borish, shuningdek shaxsiy tarkib va ularning oilalariga diniy ekstremizm, missionerlik, terrorizm va fanatizmning kirib kelishini oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar tashkil etilib kelinmoqda.
2017 yilning 14 dekabrь kuni IIV Qashqadaryo akademik litseyida o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan “Yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitetni shakllantirish oyligi” tadbiri doirasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Qashqadaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i mayor S.M.Azizov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili U.Ruziqulov, Qarshi davlat universiteti tarix fakulьteti, milliy g‘oya, manaviyat asoslari va huquq kafedrasi katta o‘qituvchisi F.R.Mallaevalar ishtirok etishdi. Tadbirda, “Diniy ekstremizm, aqidaparastlik, terrorizmga qarshi kurashish”, “Giyohvandlik va narkotik moddalar iste’moli bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish”, “Korruptsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish”, “Odam savdosiga qarshi kurashish” va ushbu yot g‘oyalarning salbiy oqibatlari yoshlarga tushuntirildi.
Akademik litseyida o‘quvchi yoshlarga O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun va qonunosti xujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha akademik litsey huquqiy va maxsus fanlar kafedrasi o‘qituvchilari tamonidan targ‘ibot va viktorinalar tashkil etildi.
Akademik litseyi o‘quvchi yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” mavzusida tillar kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan uchrashuv tashkil etib, akademik litsey o‘quvchi yoshlarini muammolari o‘rganildi.
VIIB Huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi mas’ul xodimlari akademik litsey o‘quvchilariga Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan islohatlar va erishilgan yutuqlar haqida ma’lumotlar berishdi
Shuningdek, IIVning Qashqadaryo akademik litseyi faoliyati va o‘tkazilgan tadbirlar haqida
— HYPERLINK «http://www.qashqadaryoal.zn.uz» www.qashqadaryoal.zn.uz – IIV Qashqadaryo akademik litseyi internet saytida ma’lumotlar berib borilmoqda