NAVBATCHILIK QISMI
102 ISHONCH TELEFONI
102 info@iiv.uz | ![]() O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI QASHQADARYO AKADEMIK LITSEYI | QIDIRISH O'ZBEK IJTIMOIY TARMOQLARDA: |
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3216-son qaroriga asosan 2017 yil 1 sentyabrdan Ichki ishlar vazirligining Qashqadaryo akademik litseyi tashkil etildi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining asosiy vazifalari: ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur bo‘lgan yuksak vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, dastlabki kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega aqlan va jismonan etuk yoshlarni tarbiyalash; o‘quvchilarni Ichki ishlar vazirligining oliy ta’lim muassasalariga kirishlari uchun maqsadli chuqur tayyorlash. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 767-sonli qaroriga ko‘ra 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga qabul faqat Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari tarkibidan amalga oshirilishi; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga va Harbiy-texnika institutiga o‘qishga kirishda Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining bitiruvchilari uchun ularning test sinovlari davomida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 10 foizi miqdorida qo‘shimcha ballar tarzida imtiyozli shartlar tatbiq etilishi; O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Yong‘in xavfsizligi instituti yoki Harbiy-texnika institutiga o‘qishga kirolmagan Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarning bitiruvchilarini ustunlik asosida ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish tartibi joriy etilganligi.