NAVBATCHILIK QISMI 102 ISHONCH TELEFONI 102
info@iiv.uz
Логотип
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI
ISHLAR VAZIRLIGI QASHQADARYO
AKADEMIK LITSEYI
             QIDIRISH          O'ZBEK
IJTIMOIY TARMOQLARDA:          

OAV da olib borilgan ishlar

IIV Qashqadaryo akademik litseyi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha qo‘yidagi ishlar amalga oshirildi

2017 yilning 25 oktyabrь kuni akademik litseyda “25 oktyabrь –ichki ishlar organlari xodimlari kuni”ga bag‘ishlangan tadbir tashkillashtirildi. Ushbu tadbir va akademik litsey faoliyati haqida Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi orqali 2017 yilning 26 va 29 oktyabrь kunlari axborot berildi.
2017 yilning 27 dekabrь kuni akademik litseyda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir haqida viloyat teleradiokompaniyasining “Tahlilnoma” ko‘rsatuvida hamda “O‘zbekiston 24” telekanali orqali videolavha berildi.
2018 yil 23-yanvarь kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, akademik Ibragimov Baxtiyor To‘lyaganovich tashrif buyurdi. Ushbu uchrashuv Qashqadaryo viloyat televideniesining “Axborot” ko‘rsatuvida hamda “O‘zbekiston 24” telekanali orqali videolavha berildi.
2018 yil 24 yanvarь kuni Qashqadaryo viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyi hamkorlikda “Yong‘in profilaktikasi kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi va ushbu tadbir Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi orqali yoritildi.
2018 yil 14 mart kuni Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi orqali namoyish etilgan bevosita “Muloqot” ko‘rsatuvi orqali, IIVni Akademik litseylari haqida shuningdek qabul jaryoni haqida axborot berildi. Ushbu ochiq muloqot ko‘rsatuvi 2018 yilning 15, 20, 26 va 27 mart kunlari Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi orqali takroran efirga o‘zatildi.
2018 yil 11 fevralь kuni Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi orqali “Tezkor xabarlar” ko‘rsatuvida IIV Qashqadaryo akademik litsey faoliyati bo‘yicha ma’lumot berildi.
2018 yil 27 fevralь kuni Qashqadaryo teleradiokompaniyasi tomonidan Akademik litsey faoliyati to‘g‘risida lavha tayyorlanib “O‘zbekiston 24” telekanalidan ko‘rsatuv namoyish qilindi.

2018 yil 30 mart kuni Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida Surxondaryo, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi IIV akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Burgut” harbiy-sport musobaqasi haqidagi axborot “O‘zbekiston-24” telekanali yangiliklarida o‘zbek va rus tillarida namoyish qilindi.
2018 yil 30 mart kuni Surxondaryo, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi IIV akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Burgut” harbiy-sport musobaqasi mahalliy Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi orqali ham namoyish qilindi.
2018 yil 28 sentyabrь kuni Qarshi shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi IIVning Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari Qarshi xalqaro aeroportida xavfsizlikni ta’minlash alohida batalьoniga akademik litseyning o‘quvchilari uchun “ochiq eshiklar kuni” tashkillashtirilib, tadbir Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi orqali namoyish etildi.
2019 yil 9 aprelь kuni Kashqadaryo televidiniyasining “Diyor” informatsion ko‘rsatuvida 2019 yil 5 aprelь kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasining Tezkor-qidiruv faoliyati fani o‘qituvchisi va akademiyaning tergov, tezkor-qidiruv, xuquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchi kursantlaridan bir guruhi akademik litsey o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan davra suhbati namoyish etildi.

Foydali havolalar