NAVBATCHILIK QISMI
102 ISHONCH TELEFONI
102 info@iiv.uz | ![]() O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI QASHQADARYO AKADEMIK LITSEYI | QIDIRISH O'ZBEK IJTIMOIY TARMOQLARDA: |
Namunaviy o‘quv rejaga asosan akademik litseyda tayanch ishchi o‘quv rejasi ishlab chiqildi. 2017-2018 hamda 2018-2019 o‘quv yillari 1-2 kurslar uchun ushbu ishchi o‘quv rejasiga asosan 2 sentyabrdan boshlab o‘tila boshlandi.
Akademik litseyning 3 kurs o‘quvchilari uchun Vazirlikning 2017 yil 31 oktyabrdagi 206-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan namunaviy o‘quv reja asosida 2017 yilning 1 noyabrь kunidan boshlab, 2018-2019 o‘quv yiliga muljallab dars mashg‘ulotlari tashkillashtirib kelinmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlariga mutaxassislar va professor-o‘qituvchilarni jalb etish bo‘yicha Qashqadaryo Akademik litseyi va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining rektori bilan 2017 yilning 1 noyabrь kuni hamkorlik shartnomasi imzolandi va shu asosda ishlar tashkillashtirildi.
2018 yil 10 aprelь kuni o‘quv mashg‘ulotlariga mutaxassislar va professor-o‘qituvchilarni jalb etish bo‘yicha Qarshi Davlat universitetining rektori bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, Qarshi Davlat Universiteti o‘qituvchilari, falsafa fanlari nomzodi X.N.Maxmanova, katta o‘qituvchilar Sh.R.To‘raev va F.R.Mallaevalar bilan soatbay haq to‘lash asosida shartnomalar imzolandi va ular tomonidan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha dars o‘tilmoqda.
Qarshi Davlat universitetining tarix fakulьteti, milliy istiqlol g‘oyasi, ma’naviyat asoslari, huquqshunoslik yo‘nalishini tamomlagan 2 nafar magistr diplomiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tanlov asosida ishga olindi va ular tomonidan maxsus fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlari o‘tilmoqda.
2017 yil 11-17-dekabrь kunlari akademik litsey 1-2 kurs o‘quvchilari o‘rtasida umumta’lim fanlaridan o‘tkazilgan Respublika olimpiadasi I bosqichi o‘tkazildi.
Unda 2-kurs o‘quvchilaridan 26 nafar o‘quvchilar o‘rin olib, II-bosqich fan olimpiadasiga qatnashishdi. Ular:
— ona tili va adabiyot fanidan Xolmurodova Umida Meylimurod qizi, Poshshaeva Sharifa Zafar qizi;
— tarix fanidan Karimov Ulug‘bek Murotali o‘g‘li, Tog‘aev Ruslan Shuxrat o‘g‘li, Xushmurodova Fazilat Safarali qizi;
— ingliz tili fanidan Yusupova Vazira Zarafshon qizi, Ruziqulova Gulnora Nizomjon qizi, Hasanov Xusan Ikrom o‘g‘li;
— rus tili fanidan Murodullaev Ilxom Shuxrat o‘g‘li, Ahmedov Shoxijahon Ulug‘bek o‘g‘li, Nomozov Umarjon Shuxrat o‘g‘li;
— biologiya fanidan Amirqulova Sarvinoz Toshtemir qizi, Xamroeva Farangiz Isomiddin qizi, Rajabova Farangiz Vali qizi;
— kimyo fanidan Abduraxmonov G‘ayrat Abdulla o‘g‘li, Murtozaqulova Marjona Bekzod qizi, Abdimurodova Nargiza Yoqubjon qizi;
— fizika fanidan Sodiqov Sanjarbek Davron o‘g‘li, Toshmamatov Yusuf G‘ayrat o‘g‘li, Raxmatov Suxrob Bahodir o‘g‘li;
— matematika fanidan Turaev Uchqun Ravshan o‘g‘li, Mingirov Doston Rustam o‘g‘li, Nuriddinov Bobur Barot o‘g‘li;
— inforomatika fanidan Nurboev Nurzod Ismoil o‘g‘li, Botirov Malik Shuxrat o‘g‘li, Abduraxmonov Shaxzod Safarovich.
2018 yil 4-9 yanvarь kunlari 26 nafar akademik litseyning 2-kurs o‘quvchilari Respublika fan olimpiadasining II bosqichida ishtirok etib, ulardan 2-nafari;
— tarix fanidan Karimov Ulug‘bek Murotali o‘g‘li 1-o‘rin;
— biologiya fanidan Amirqulova Sarvinoz Toshtemir qizi 2-o‘rinni egallab, Respublika fan olimpiadasi III bosqichida ishtirok etishdi.
2018 yil 26-30 mart kunlari Respublika fan olimpiadasining III bosqichida akademik litseyning 2 nafar 2-kurs o‘quvchilari ishtirok etib, tarix fanidan qatnashgan Karimov Ulug‘bek Murotali o‘g‘li faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Akademik litseyda “Ichki ishlar organlari qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va huquq” fanlari bo‘yicha “Zakovat” kechasi o‘tkazib kelinmoqda.
Akademik litseyda o‘quv jarayonining sifat samaradorligini oshirish maqsadida 2-semestrdan boshlab o‘quvchilardan oyiga bir marta rus tili fanidan diktant, ona tili fanidan 2 marta diktant hamda 2 marta insho olinib, baholari umumlashtirib borilmoqda.
O‘qitilayotgan fanlarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilish darajasini bilish va ularni bilim olishga ishtiyoqini oshirish maqsadida 2017 yilning 25-26 dekabrь kunlari “tarix” fanidan onlayn tarzida test olinib, o‘quvchilarning bilimi baholandi.
Akademik litsey o‘quvchilariga rus va ingliz tili lug‘at daftarlari tashkil etilgan bo‘lib, o‘quvchilarning rus va ingliz tillarini doimo o‘rganib borish, lug‘at daftarini boyitib, bilimini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Akademik litseyda 2-semestrdan boshlab oyiga bir marta umumta’lim fanlari va huquq fanlaridan jami 100 talik test sinovlari rejalashtirilib, o‘tkazib kelinmoqda.
Bu ishlar litsey o‘quvchilarining bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Akademik litseyda 2-semestrdan boshlab fanlardan past o‘zlashtirgan o‘quvchilar bilan ishlash jadvali ishlab chiqilib, ular bilan muntazam ravishda fan o‘qituvchilari tomonidan qo‘shimcha mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
2018 yil 22 may kuni IIV Qashqadaryo akademik litseyi 1-2 kurs o‘quvchilaridan maxsus fanlar bo‘yicha 50 ta savoldan iborat test sinovlari o‘tkazildi.
2018 yil 28 may kuni akademik litseyning 2 kurs o‘quvchilaridan yakuniy diktant sinovlari olindi.
2018 yil 29 may kuni akademik litseyning 2 kurs o‘quvchilaridan “Jahon xalqlari” mavzusida yakuniy insho olindi.
2018 yil 24 may kuni tasdiqlangan jadval asosida IIV Qashqadaryo akademik litseyda 2017-2018 o‘quv yili yakuni bo‘yicha 2 kurs o‘quvchilaridan o‘tilgan fanlardan yakuniy nazorat ishlari yozma, test, og‘zaki tarzda olindi. Yakuniy nazorat ishlari 28 may kunidan 11 iyun kuniga qadar 1430da boshlandi hamda bo‘lim mudirlari, kafedra mudirlari va fan o‘qituvchilari tomonidan nazorat qilib borildi. Yakuniy nazorat ishlaridan past baho olib o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarga fan o‘qituvchilari tomonidan konsulьtatsiyalar o‘tilib, qayta topshirish jadvali asosida fanlardan qayta yakuniy nazorat ishlari olindi. Shunda ham o‘zlashtira olmagan 7 nafar o‘quvchilar 2018 yil 3 iyulь kuni o‘tkazilgan 9 sonli Pedagogik kengash qaroriga asosan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirishga qaror qilindi. Ular 202 guruhdan Eshmurodov Husan Norbo‘ta o‘g‘li (ingliz tili, ChQBT, tarix, matematika, fizika, ma’muriy huquq, ekologik huquq fanlaridan), 204 guruhdan Aminov Ozodbek Yorqul o‘g‘li (ingliz tili, tarix, fizika, Inson huquqlari umum nazariyasi, Yuristning kasb etikasi fanlaridan) akademik litseyda fanlarni o‘zlashtira olmaganligi sababli Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-sonli qarori bilan tasdiqlangan “akademik o‘zlashtirmaslik, bir semestr mobaynida ikki hafta davomida (76 soat) uzrli sabablarsiz mashg‘ulotlarda qatnashmaslik” to‘g‘risidagi bandi ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 767-sonli qaroriga asosan “Muntazam ravishda fanlarni o‘zlashtirmaslik, o‘qishni xohlamaslik, ichki tartibni qo‘pol ravishda va bir necha marta buzish, kasallikka chalingan holatlarida yoki tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa holatlarda o‘quvchilarni IIV akademik litseyidan o‘quvchilar tarkibidan chiqarish va boshqa ta’lim muassasasiga o‘tkazish…… IIV akademik litseylaridan chetlashtirilgan o‘quvchilarni boshqa turdosh ta’lim muassasalariga ko‘chirish…..” tartibida o‘quvchilarning o‘qishi turdosh ta’lim muassasalariga ko‘chirildi.
2018 yil 4 iyunь kuni tasdiqlangan jadval asosida IIV Qashqadaryo akademik litseyda 2017-2018 o‘quv yili yakuni bo‘yicha 1 kurs o‘quvchilaridan o‘tilgan fanlardan yakuniy nazorat ishlari yozma, test, og‘zaki tarzda olindi. Yakuniy nazorat ishlari 11 iyunь kunidan 23 iyunь kuniga qadar 1430da boshlandi hamda bo‘lim mudirlari, kafedra mudirlari va fan o‘qituvchilari tomonidan nazorat qilib borildi. Yakuniy nazorat ishlaridan past baho olib o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarga fan o‘qituvchilari tomonidan konsulьtatsiyalar o‘tilib, qayta topshirish jadvali asosida fanlardan qayta yakuniy nazorat ishlari olindi. Shunda ham o‘zlashtira olmagan 5 nafar o‘quvchilar 2018 yil 3 iyulь kuni o‘tkazilgan 9 sonli Pedagogik kengash qaroriga asosan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirishga qaror qilindi. Ular 102 guruhdan Aliqulov O‘tkir Zarif o‘g‘li (tarix, matematika, rus tili, informatika, fizika, biologiya, ingliz tili, ona tili va adabiyot fanlaridan), Jovliev Husan Bahrom o‘g‘li (sog‘ligi tufayli 2 semestrdagi fanlarni o‘zlashtira olmadi), Jumanov Islombek Farhod o‘g‘li (informatika, fizika, falsafiy fanlardan), Ro‘ziqulov Erali Eshniyozovich (tarix, matematika, rus tili, falsafiy fanlardan), 103 guruhdan Ro‘ziev Dilshod Farhod o‘g‘li (ona tili, adabiyot, rus tili, O‘zbekiston tarixi, jahon tarixi, matematika, kimyo, falsafiy fanlardan) akademik litseyda fanlarni o‘zlashtira olmaganligi sababli Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-sonli qarori bilan tasdiqlangan “akademik o‘zlashtirmaslik, bir semestr mobaynida ikki hafta davomida (76 soat) uzrli sabablarsiz mashg‘ulotlarda qatnashmaslik” to‘g‘risidagi bandi ijrosini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 767-sonli qaroriga asosan “Muntazam ravishda fanlarni o‘zlashtirmaslik, o‘qishni xohlamaslik, ichki tartibni qo‘pol ravishda va bir necha marta buzish, kasallikka chalingan holatlarida yoki tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa holatlarda o‘quvchilarni IIV akademik litseyidan o‘quvchilar tarkibidan chiqarish va boshqa ta’lim muassasasiga o‘tkazish…… IIV akademik litseylaridan chetlashtirilgan o‘quvchilarni boshqa turdosh ta’lim muassasalariga ko‘chirish…..” tartibida o‘quvchilarning o‘qishi turdosh ta’lim muassasalariga ko‘chirildi.
2019 yil sentyabrь oyidan akademik litseyning 3 kurs o‘quvchilari uchun Vazirlikning 2017 yil 31 oktyabrdagi 206-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan namunaviy o‘quv reja asosida dars mashg‘ulotlari tashkillashtirildi. Dars mashg‘ulotlarini 31 ta doimiy va 9 ta tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilmoqda.
Akademik litseyda o‘quv jarayonining sifat samaradorligini oshirish maqsadida o‘quvchilardan oyiga bir marta rus tili fanidan diktant, ona tili fanidan 2 marta diktant hamda 1 marta insho olinib, baholari umumlashtirib borilmoqda.
Akademik litsey o‘quvchilari rus va ingliz tili lug‘at daftarlarini yuritib kelishmoqda. Bu esa o‘quvchilarning rus va ingliz tillarini doimo o‘rganib borish, lug‘at daftarini boyitib, bilimini oshirish maqsadida tashkil qilindi.
2018-yil 9-noyabr kuni Qarshi shahrida o‘tkazilgan “Insonning madaniy va ma’naviy saviyasi, uning qonunlarga og‘ishmay amal qilishida namoyon bo‘ladi” mavzusidagi insholar ko‘rik tanlovining shahar bosqichida 2-kurs o‘quvchisi Panjieva Ruxsora ishtirok etib faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
2018 yil 17-noyabr kuni Qarshi shahar Madaniyat markazida Halqaro talabalar kuni hamda O‘zbekston Respublikasining Davlat bayrog‘ining qabul qilingan kunida “Avlodlarga munosib voris bo‘laylik” nomli kontsert dasturi va iqtidorli o‘quvchilarni tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda akademik litsey o‘quvchisi Panjieva Ruxsora insho yozish musobaqasida Qarshi shahar bosqichida birinchi o‘rinni olganligi bilan taqdirlandi.
2018 yil 5-15 dekabrь kunlari akademik litseyda birinchi tur Respublika fan olimpiadasi umumta’lim fanlaridan o‘tkazilib, ikkinchi tur shahar bosqichiga ishtirok etadigan o‘quvchilar tanlab olindi.
Unda 3-kurs o‘quvchilaridan 26 nafar o‘quvchilar faxrli o‘rin olib, II-bosqich fan olimpiadasiga qatnashishdi. Ular:
— ona tili va adabiyot fanidan Qurbonov Esonxon Sunnatillo o‘g‘li, Xolmurodova Umida Meylimurod qizi, Tuychieva Sora Xursand qizi;
— tarix fanidan Karimov Ulug‘bek Murotali o‘g‘li, Tog‘aev Ruslan Shuxrat o‘g‘li, Toshniyozov Bekzod Baxrijon o‘g‘li;
— ingliz tili fanidan Yusupova Vazira Zarafshon qizi, Ruziqulova Gulnora Nizomjon qizi, Eshmirzaev Samandar Berdimurod o‘g‘li ;
— rus tili fanidan Toshkenboev Dilmurod Dilshod o‘g‘li, Xasanova Sevinch Alimovna, Tursunmurodova Dildora Zikrillo qizi;
— biologiya fanidan Xoltojiev Sapdor Abdulxamid o‘g‘li, Rajabova Farangiz Abduvali qizi, Amirqulova Sarvinoz Toshtemir qizi;
— kimyo fanidan Abduraxmonov G‘ayrat Abdulla o‘g‘li, Ahmedov Javoxir Sanjar o‘g‘li, Xurramov Sherzod Orol o‘g‘li;
— fizika fanidan Jo‘raev Shaxzod Akmal o‘g‘li, Mingboev Shaxzod Axror o‘g‘li, Mamanazarov Sherzod Beknazar o‘g‘li;
— matematika fanidan Nuriddinov Bobur Barot o‘g‘li, Turaev Uchqun Ravshan o‘g‘li;
— inforomatika fanidan Beknazarov Bekmurod Baxriddin o‘g‘li, Abduraxmonov Shaxzod Sherzod o‘g‘li;
— geografiya fanidan Kenjaev Abdullatif Mustafo o‘g‘li.
2019 yil 7-10 yanvarь kunlari o‘tkazilgan II-tur Respublika fan olimpiadasida akademik litseyning 3-kurs o‘quvchilaridan 2-nafari;
— ona tili va adabiyot fanidan Qurbonov Esonxon Sunnatillo o‘g‘li;
— rus tili fanidan Toshkenboev Dilmurod Dilshod o‘g‘li faxrli o‘rinlarni egallashgani uchun III-tur Respublika fan olimpiadasida ishtirok etishdi.
2-kurs o‘quvchilaridan 24 nafari faxrli o‘rin olib, II-bosqich fan olimpiadasiga qatnashishdi. Ular:
— ona tili va adabiyot fanidan Isomiddinov Shaxzodbek Dilshod o‘g‘li, Panjieva Ruxsora Jamshid qizi, Berdiev Fazliddin Husan o‘g‘li;
— tarix fanidan Qo‘ychiev Bobur Orif o‘g‘li, Shukrullaev Jonibek Xusniddin o‘g‘li, Baxtiyorov Asadbek Tolmas o‘g‘li;
— ingliz tili fanidan Abdimo‘minov Shoxrux Farxod o‘g‘li, Xushvaqtov Bilol Umarbek o‘g‘li;
— rus tili fanidan Xolmamatova Munira Muxiddin qizi, Baxtiyorov Jasur Alisher o‘g‘li, Qurbonov Ilhom Otabek o‘g‘li;
— biologiya fanidan Polvonov Asadbek Tuychi o‘g‘li, Xushvaqtov Tolib Abdug‘ani o‘g‘li, O‘roqova Nasiba O‘ktam qizi;
— kimyo fanidan Geldiev Siroj Qahramon o‘g‘li, A Eshmuxammedov Javoxir Olim o‘g‘li, Abduqahhorov Muxammadqodir Muzaffar o‘g‘li;
— fizika fanidan Mo‘minov Ruslan Erkinovich, To‘raev Aznavur Azim o‘g‘li, Raxmatov Shahjahon Botir o‘g‘li;
— matematika fanidan Xolliev Og‘abek Arzigul o‘g‘li, Ziyodullaev Bekzod Ilhom o‘g‘li;
— inforomatika fanidan Ochilov Dilxush Shuxrat o‘g‘li;
— geografiya fanidan Usmonov Behruz Otayor o‘g‘li.
2019 yil 7-10 yanvarь kunlari o‘tkazilgan II-tur Respublika fan olimpiadasida akademik litseyning 2-kurs o‘quvchilaridan 10-nafari;
— ona tili va adabiyot fanidan Isomiddinov Shaxzodbek Dilshod o‘g‘li;
— tarix fanidan Qo‘ychiev Bobur Orif o‘g‘li;
— ingliz tili fanidan Xushvaqtov Bilol Umarbek o‘g‘li;
— rus tili fanidan Baxtiyorov Jasur Alisher o‘g‘li;
— biologiya fanidan Polvonov Asadbek Tuychi o‘g‘li;
— kimyo fanidan Geldiev Siroj Qahramon o‘g‘li;
— fizika fanidan Raxmatov Shahjahon Botir o‘g‘li;
— matematika fanidan Xolliev Og‘abek Arzigul o‘g‘li, Ziyodullaev Bekzod Ilhom o‘g‘li;
— inforomatika fanidan Ochilov Dilxush Shuxrat o‘g‘li faxrli o‘rinlarni egallashgani uchun III-tur Respublika fan olimpiadasida ishtirok etishdi
2018-2019 o‘quv yili uchun 2018 yilning 28 dekabrь kunidan 2019 yil 11 yanvarь kunigacha o‘quvchilarga qishki ta’til berildi.
2019 yil 2 yanvarь kuni tasdiqlangan rejaga asosan, qishgi ta’til vaqtida 2019 yil 3 yanvarь kunidan 10 yanvarь kunigacha akademik litsey o‘qituvchilari uchun dars mashg‘ulotlari tashkil qilindi.
2019 yil 12 yanvarь kuni akademik litsey o‘quvchilari uchun “Vatanparvarlar bog‘i”da maьnaviyat soati tashkil etildi.
Akademik litseyining tarix fani o‘qituvchilari tomonidan Buyuk sarkardalarimiz Amir Temur, Bobur va Jaloliddin Manguberdining harbiy sohadagi amalga oshirgan harakatlari yuzasidan ma’ruzalar o‘qildi.
O‘quvchilar tomonidan “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!”, “Posboniman muqaddas yurtning” mavzularida she’rlar o‘qildi.
Akademik litsey o‘quvchilariga harbiylar tomonidan “Vatanparvarlar bog‘i”ning yaratilish tarixi, harbiy texnika va o‘q-otar qurollarining xususiyatlari haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar Qarshi shahrida joylashgan, Odina masjidi, Bektemir madrasasi, Sardoba kabi tarixiy obidalarni borib ko‘rishib, ular yaratilish tarixi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
2019 yilning yanvarь oyida 3 kurs o‘quvchilari o‘rtasida 3 blokli test sinovlari o‘tkilib, test natijalari o‘quvchilar o‘rtasida muhokama qilindi. Bu ishlar litsey o‘quvchilarining bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Akademik litseyda doimiy ravishda fanlardan past o‘zlashtirgan o‘quvchilar bilan muntazam ravishda fan o‘qituvchilari tomonidan qo‘shimcha mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda.
2019 yilning 28 yanvarь kunidan 2 fevralь kuniga qadar akademik litseyda 2018-2019 o‘quv yilining 1 semestri yakuni bo‘yicha 1, 2 va 3 kurs o‘quvchilaridan o‘tilgan fanlardan yakuniy nazorat ishlari yozma, test, og‘zaki tarzda olindi. Yakuniy nazorat ishlari bo‘lim mudirlari, kafedra mudirlari va fan o‘qituvchilari tomonidan nazorat qilib borildi. Yakuniy nazorat ishlaridan past baho olib, o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarga fan o‘qituvchilari tomonidan konsulьtatsiyalar o‘tilib, hozirda qayta topshirish ishlari tashkillashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan 2018 yilning 24 dekabrь kuni tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va tizimlarida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari nishonlashga tayyorgarlik kurish va o‘tkazishga bag‘ishlangan vatanparvarlik oyligini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni tegishli bandlarini ijrosini ta’minlash borasida IIVning Qashqadaryo akademik litseyida vatanparvarlik oyligi davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora- tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlandi.
Akademik litseyning ma’muriy binosi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligi va “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir! shiori ostida ko‘rgazmali plakatlar bilan jihozlandi.
Akademik litsey o‘quvchi va o‘qituvchilariga ma’naviyat soatlarida “Temur tuzuklari”, “O‘zbekiston tarixi”, “Boburnoma”, “Vatanning sheryurak bahodirlari” mavzusida ma’ruzalar o‘qilib mazmun mohiyati tushuntirib berildi.
Akademik litseyining 2018-2019 o‘quv yili uchun muljallangan O‘zbekiston tarixi, ona-tili va adabiyoti fanlaridan ishchi o‘quv dasturlariga “Temur tuzuklari”, “Boburnoma” va “Vatanning sheryurak bahodirlari” mavzulari qo‘shimcha o‘zgartirish kiritildi va o‘quv jarayoniga tadbiq etildi.
2019 yilning 5 fevralь kunidan boshlab, 2018-2019 o‘quv yilining 2-semestri uchun tasdiqlangan “Dars jadvali” asosida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazila boshlandi.
2019 yil 10 mart Qarshi davlat universiteti tomonidan tashkil etilgan viloyatdagi akademik litsey talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “XXI asr–intellektual avlod asri” shiori ostida “Universitet birinchiligi” an’anaviy fan olimpiadasining tarix fani bo‘yicha faol ishtirok etgan akademik litsey 2-kurs 17-04 guruh o‘quvchisi Kuychiev Bobur faxrli birinchi o‘rinni, Geografiya fani bo‘yicha ishtirok etgan 1-kurs 18-02 guruh o‘quvchisi Muminov Lochinbek 2-o‘rinni egallaganliklari uchun diplom bilan taqdirlanishdi.
Maxsus va xuquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi Qonun, Prezident Farmon, Qarorlarini o‘rganish buyicha zakovat musobaqasi tashkil etilib, g‘oliblar taqdirlandi.