IIV Qashqadaryo akademik litseyida ota-onalar va oʼquvchilar ishtirokida yigʼilish oʼtkazildi.
Yigʼilishda 2023 yilnining “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yili deb nomlanganligi eʼtirof etilib, endilikda akademik litseyda taʼlim-tarbiyaga yanada jiddiy eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi. Oʼquvchilarning tarbiyasi, xulqi va darslarda faol ishtirok etishida ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash zarurligi qayd etildi.
Ota-onalar farzandlarining qishki taʼtil davrida boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishi va shaxsiy xavfsizligini nazoratga olishlari hamda kamida bittadan badiiy adabiyotni oʼqishi boʼyicha tavsiyalar berildi. Taʼtildan qaytganlaridan soʼng oʼqigan kitoblari boʼyicha sinovlar qabul qilinishi aytildi.
Shuningdek, oʼquv yili davomida yutuqlarga erishayotgan oʼquvchilar nomi alohida tilga olinib, ularning ota-onalariga akademik litsey rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.