NAVBATCHILIK QISMI
102 ISHONCH TELEFONI
102 info@iiv.uz | ![]() O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI QASHQADARYO AKADEMIK LITSEYI | QIDIRISH O'ZBEK IJTIMOIY TARMOQLARDA: |
2017 yilning oktyabrь oyida “1 oktyabrь — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga bag‘ishlab futbol musobaqasi o‘tkazildi;
2017 yil 11 noyabrь kuni IIV Qashqadaryo akademik litseyi jamoasi voleybol sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Qashqadaryo viloyati Kasaba uyushmasi kubogida ishtirok etib, faxrli II-o‘rinni egallashdi;
2018 yil “14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “milliy kurash” musobaqasi o‘tkazildi;
2018 yil 15-16 fevralь kunlari o‘quvchi qizlar o‘rtasida voleybol sport musobaqasi o‘tkazildi;
2018 yil 16 fevralь kuni Qashqadaryo viloyati Karate federatsiyasi tomonidan yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida “Qashqadaryo viloyat chempionati” musobaqasi baxslarida akademik litseyning 1-kurs o‘quvchisi Arg‘unboev Azizbek faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar kengashi tomonidan 2018 yil “Faol tadbirkorlik innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qullab-quvvatlash yili”ga bag‘ishlangan 17 fevralь 2018 yil suzish sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan BO‘SM ochiq birinchiligi sport musobaqasida 50 m.ga erkin usulida akademik litseyning 1-kurs o‘quvchisi Xalimov Asilbek faxrli III o‘rinni egalladi.
2018 yil 29-30 mart kunlari Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati bilan hamkorlikda, Vazirlikning 2018 yil 26 fevralь kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylarida “Burgut” harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 51-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi shahrining “Geolog” sport majmuasida “Burgut” harbiy-sport musobaqasini 2-hudud (Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari) birinchi bosqichi o‘tkazildi.
“Burgut” harbiy-sport musobaqasida faxrli 1-o‘rinni IIVning Surxondaryo akademik litseyi jamoasi, 2-o‘rinni IIVning Qashqadaryo akademik litseyi jamoasi, 3-o‘rinni IIVning Samarqand akademik litseyi jamoasi egalladi.
“Burgut” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari va qatnashchilariga Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
2018 yil 9 aprelь Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag‘ishlab sportning futbol turi bo‘yicha “Amir Temur millat faxri” nomli sport musobaqasi o‘tkazildi;
2018 yil 13-18 aprelь kunlari akademik litsey 1-2 kurs o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi;
Akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida doimiy ravishda futbol, voleybol, minifutbol, shaxmat-shashka, stol tennisi kabi sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.
“Qo‘l jangi” bo‘yicha Qashqadaryo viloyati federatsiyasining bosh murabbiyi Botir Raxmonovning shogirdlari 2017 yilning dekabrь oyidan boshlab, hafta davomida litsey o‘quvchilariga qo‘l jangi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tib kelmoqda;
2018 yil 30 aprelь kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Qashqadaryo akademik litseyida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va o‘zaro madaniy-sport aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda yoshlarni sport o‘yinlariga ommoviy tarzda jalb qilish, jismoniy tayyorgarligini yanada takomillashtirish, ularning sog‘lom baquvvat, chiniqqan bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyatida “Ko‘p kurash” bo‘yicha akademik litsey birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada 11 ta guruhdan 8 nafardan o‘quvchilar ishtirok etishdi. Unda 100 metrga yugurish, 3 km.ga yugurish, arqon tortish, granata o‘loqtirish va “Saf tayyorgarligi” bo‘yicha o‘quvchilar bellashdi. Musobaqada umumiy hisobda 104 guruh o‘quvchilari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdilar. “Saf tayyorgarligi” bo‘yicha 101 guruh o‘quvchilari, “Eng chaqqon o‘g‘il bola” nominatsiyasida 101 guruh o‘quvchisi Yuldoshev Davron, “Eng chaqqon qiz bola” nominatsiyasida 205 guruh o‘quvchisi Amirova Azizalar g‘olib chiqishdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
2018 yil 1-Oktyabrь “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan akademik litsey o‘quvchi yoshlari o‘rtasida ko‘pkurash va turli sport musobaqalarini o‘tkazildi va g‘olib jamoaga akademik litsey kubogi hamda qimmat baho sovg‘a bilan taqdirlandi.
2018 yil 4-oktyabr kuni Qarshi shahrida joylashgan Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari 7256-sonli harbiy qism harbiylari bilan akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida voleybol va shaxmat musobaqalari bo‘lib, unda voleyboldan birinchi o‘rin, shaxmatdan 1, 2 va 3 o‘rinlarni akademik litsey o‘quvchilari olishdi. Harbiy qism komandirlari o‘quvchilarni qutlashdi.
2018 yil 5-oktyabr kuni volebol musobaqasi bo‘yicha akademik litsey birinchiligi o‘tkazildi. Unda birinchi o‘rin 2- kurs , ikkinchi o‘rin 1-kurs va uchunchi o‘rin 3 kurs o‘quvchilari egallashdi.
2018 yil 13-oktyabr kuni litseyni 1-kurs o‘quvchisi Beknazarova Charos viloyatda o‘tkazilgan suzish musaboqasida ishtirok etib 1-o‘rinni egalladi.
2018 yil 24 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyatida “25 oktyabrь –ichki ishlar organlari xodimlari kuni”ga bag‘ishlanib, 20 ta guruh o‘quvchilaridan tashkil topgan terma jamoalari o‘rtasida «Shunqorlar» musobaqasi o‘tkazildi.
2018 yil 19-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida bolalar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Karate” bo‘yicha “Surxon open 2018” musobaqasining “yakka kumite” bahslarida 16-17 yoshlilar orasida 55 kg gacha bo‘lgan vaznda ishtirok etgan 2-kurs o‘quvchisi Xalilov Azimbek faxrli birinchi o‘rinni, 70 kg gacha bo‘lgan vaznda ishtirok etgan 1-kurs o‘quvchisi Bobomurodov Sharofiddin faxrli 2- o‘rinni egalladi.
2018 yil 15-20 noyabrь kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan suzish sporti bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musoboqasida ishtirok etgan akademik litseyning 1-kurs o‘quvchisi Beknazarova Charos faxrli 2-o‘rinni egalladi.
2018 yil 24-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan 2018 yil 24-noyabr kuni Qarshi shahrida Sportning Boks turi bo‘yicha 18-yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasida “Olimpiya harakati” musobaqasining viloyat bosqichida 69 kg vaznda ishtirok etgan akademik litseyning 3-kurs o‘quvchisi Shaxobov Sarvar faxrli 3-o‘rinni egalladi.
2018 yil 25-26 noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan sportning KIK-BOKSING bo‘yicha Samarqand ochiq chempionati musobaqasida ishtirok etgan akademik litsey o‘qituvchisi Baratov Komil faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylarida “Burgut” harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 51-sonli buyrug‘iga asosan 2019 yil o‘tkaziladigan “Burgut” harbiy-sport musobaqasida ishtirok etadigan akademik litseyi o‘quvchilari saralanib, ular bilan musobaqaga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
2019 yil 30 yanvarь kuni Nuriston akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimovning 81 yilligiga bag‘ishlanib tashkil etilgan milliy kurash sport tadbiriga akademik litseyning o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.
2019-yil 3-fevralь kuni viloyatning Chiroqchi tumanida taekwon-do WTF bo‘yicha utkazilgan musobaqada ishtirok etgan akademik litseyining 1-kurs 18-09-gurux o‘quvchisi Norova Durdona faxrli 2-o‘rinni olganligi uchun diplom bilan taqdirlandi.
2019 yil 13-fevralь kuni Qashqadaryo viloyat karate federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan karate sporti bo‘yicha “Bolalar, yoshlar, o‘smirlar va kattalar” o‘rtasida o‘tkazilgan 16-17 yoshlilar o‘rtasida viloyat chempionatida ishtirok etgan 1-kurs 18-05 guruh o‘quvchisi Bobomurodov Sharofiddin va 2-kurs 17-06 guruh o‘quvchisi Xalilov Azimlar faxrli birinchi o‘rinni egalladilar.
2019 yil 13-fevral kuni O‘zbekiston “KIK–BOKSING” ASSOSATSIASI JIZZAX VILOYAT BO`LIMI tomonidan 17-18 yoshlilar o‘rtasida 60 kg bo‘yicha viloyat chempionatida ishtirok etgan 2-kurs 17-03 guruh o‘quvchisi Ismoilov Doston faxrli 3-o‘rinni egallaganli uchun 3-darajali, 64 kg bo‘yicha 2-kurs 17-01 guruh o‘quvchisi Xoliqov Ozodbek faxrli 2-o‘rinni egallaganligi uchun 2-darajali diplom bilan taqdirlangan.
IIVning Qashqadaryo akademik litseyi pedagog o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida jismoniy madaniyatni shakllantirish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash hamda 8 mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag‘ishlab, akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat va shashka sport musobaqasi, o‘qituvchilar o‘rtasida volleybol sport musobaqasi tashkil etilib, g‘oliblar munosib taqdirlandi.
Akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida jismoniy madaniyatni shakllantirish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 2019-yil 16-19 mart kunlari akademik litseyining 20 ta guruh o‘quvchilaridan tashkil topgan terma jamoalari o‘rtasida sportning «Engil atletika» turi bo‘yicha akademik litseyi birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. Unda, jamoalar tomonidan sportning «Arqon tortish», “100 metr masofaga yugurish”, “2000 metr masofaga yugurish”, ”Granata uloqtirish”, “AK-74 avtomatni ajratish va yig‘ish” turlari bo‘yicha, o‘quvchi qizlar o‘rtasida “100 metr masofaga yugurish” bo‘yicha bellashdilar 1-2 va 3-o‘rin egalarlari aniqlandi, sovrindorlar rag‘batlantirildi
Akademik litsey o‘quvchilar o‘rtasida aprelь shaxmat-shashka sport turi bo‘yicha litsey birinchiligi o‘tkazilib musobaqa g‘oliblari taqdirlandi.
2019 yil 18 mart kuni akademik litseyning 1-kurs 18-05 guruh o‘quvchisi Bobomurodov Sharofiddin Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan Karate WKF sprot turi bo‘yicha bolalar va usmirlar o‘rtasida an’anaviy “Navro‘z 2019” ochiq birinchiligida ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rin uchun beriladigan 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
2019 yil 1 aprelь kuni akademik litseyning 1-kurs 18-09 guruh o‘quvchisi Norova Durdona Koson tumanida Karate WKF sprot turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
2019 yil 12-13 aprelь kunlari Qarshi shahar Nuriston akademik litseyda taekvondo WTF sport turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasida ishtirok etgan 18-09 guruh o‘quvchisi Norova Durdona faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
2018 yil 13-14 aprelь kunlari Jeet Kuhe Do yakka kurash bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Qashqadaryo viloyat birinchiligi musobaqasida 55 kg vaznda ishtirok etgan 2-kurs 17-06 guruh o‘quvchisi Karimova Xursanoy faxrli birinchi o‘rinni, 3-kurs 16-04 guruh o‘quvchisi Yusupova Vazira faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdilar.
2019-yil 17 aprelь kunlari akademik litseyning 1-kurs 18-05 guruh o‘quvchisi Bobomurodov Sharofiddin 2019-yil 12-14 aprelь kunlari Xorazm viloyati Urganch shahrida o‘tkazilgan Karate WKF sport turi bo‘yicha bolalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan 1-darajali xalqaro “Open tegir” turnerida ishtirok etib faxrli birinchi o‘rinni egallab 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.
2019 yil 18-20 aprelь kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahri taekvondo WTF sport turi musobaqasining Respublika birinchiligida ishtirok etgan 18-09 guruh o‘quvchisi Norova Durdona faxrli uchinchi o‘rin bilan taqdirlandi.
2020 yil Yaponiya davlatining poytaxti Tokio shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan kattalar olimpiadasiga reyting ball olish uchun 2019 yilning 26-28-aprel kunlari Malayziya davlatining “Kota Kinabalu” shahrida karate WKF sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan “XVIII Osiyo chempionati” musobaqa ishtirokchisi O‘zbekiston terma jamoa a’zosi akademik litsey 2-kurs 17-06 guruh o‘quvchisi Xalilov Azimbek Zokirjon o‘g‘li yuqori beshlikdan o‘rin oldi.
Suzish bo‘yicha 2017 yilgi O‘zbekiston Respublikasi chempioni akademik litsey 1-kurs o‘quvchisi Beknazarova Charos Nizomovna 24-29 aprelь kunlari Navoiy shahrida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionati musobaqasida ishtirok etib, 100 metrga suzish bo‘yicha 2 o‘rinni, 200 metrga suzish bo‘yicha 3 o‘rinni egalladi.
2019 yil 14 may kunlari Shaxrisabz shahridagi 10 umumiy o‘rta ta’lim maktabida taekvondo WTF sport turi bo‘yicha 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etgan 18-09 guruh o‘quvchisi Norova Durdona faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
2019-yil 28-30 aprel kunlari akademik litseyning 20 ta guruhidan tashkil topgan 20 ta futbol jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan akademik litsey birinchiligida 1 o‘rinni 18-08 guruh o‘quvchilari, 2 o‘rinni 17-01 guruh o‘quvchilari, 3 o‘rinni 16-03 guruh o‘quvchilari egallashdi.
2019-yil 15-18 may kunlari volebol sport musobaqasi bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida akademik litsey birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Unda 1 o‘rinni 17-03 guruh o‘quvchilari, 2 o‘rinni 18-01 guruh o‘quvchilari, 3 o‘rinni 16-03 guruh o‘quvchilari egallashdi.